Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
Anadolu Isuzu Samarqand avtomobil zavodidagi 75% ulushni 80 mln dollarga sotib oladi

Anadolu Isuzu Samarqand avtomobil zavodidagi 75% ulushni 80 mln dollarga sotib oladi

Anadolu Isuzu Samarqand avtomobil zavodidagi 75% ulushni 80 mln dollarga sotib oladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyaning Anadolu Group tarkibiga kiruvchi Anadolu Isuzu avtomobil kompaniyasi «Samarqand avtomobil zavodi» (SamAuto) qo‘shma korxonasi ustav kapitalidagi davlat ulushining 75,2 foizini 80 million dollarga sotib olmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) matbuot xizmati xabar berdi.

Bitimni tashkil etish uchun DABA xalqaro konsalting kompaniyasi KPMG‘ni moliyaviy maslahatchi sifatida, Dentons‘ni esa yuridik hamroh sifatida jalb etdi.

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Anadolu Isuzu‘ning yakuniy taklifi nafaqat 80 million dollarlik sotib olish narxini, balki shu miqdordagi investitsiya rejasini ham o‘z ichiga oladi.

«Investitsiya majburiyatlari doirasida O‘zbekistonda katta sig‘imli avtobus va elektrobuslar (12–18 metr) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mamlakat bo‘ylab litsenziyalangan servis markazlarini tashkil etish, shuningdek, mahsulotni Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq va Afrikaga eksport qilish nazarda tutilgan. Bu tashabbus O‘zbekistonda mintaqaviy transport xabini shakllantirishga xizmat qiladi», — deyiladi DABA xabarnomasida.

Taʼkidlanishicha, Anadolu Isuzu‘ning narxiy taklifi KPMG belgilagan diapazon va xalqaro kompaniya PwC baholariga mos keladi. Xususiylashtirish natijalari Davlat komissiyasi tomonidan maʼqullangan. Bitimni yakunlash uchun Turkiyaning tartibga soluvchi organlari roziligi talab etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling