Anadolu Group O'zbekistondagi investitsiya loyihalarini kengaytiradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27-iyun kuni O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Akram Aliyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri — "Anadolu Group" mintaqaviy direktori Ezel Agaog‘lu bilan uchrashdi.
Tomonlar kompaniyaning mamlakatimizdagi amaldagi loyihalarini, ularning bajarilish sur’ati, iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatini atroflicha muhokama qildilar. Ushbu sohada yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Har ikki tomon istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash va barqaror natijalarga erishish maqsadida muntazam muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Bunday hamkorlik O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi, investitsiyalar oqimini kuchaytiradi va yangi sanoat loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.