Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
AMALT O'zbekistonda dispetcherlik va qo'llab-quvvatlash markazini ochishni rejalashtirmoqda

AMALT O'zbekistonda dispetcherlik va qo'llab-quvvatlash markazini ochishni rejalashtirmoqda

AMALT O'zbekistonda dispetcherlik va qo'llab-quvvatlash markazini ochishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining AQShga tashrifi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi va Moldova-Amerika logistika va transport uyushmasi (AMALT) o‘rtasida yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish va O‘zbekistonda operatsion markaz tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan Kuzatuv kengashi raisi Farhod Ibragimov, IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulaxad Kuchkarov, shuningdek, AMALT guruhining vakillari — Mixay Sava, “Nova Lines” prezidenti; Nikolaye Korobka, “C1 Management” ijrochi direktori va prezidenti; Vadim Savka, “Forsage Logistics” asoschisi; Yuriy Postolachi, “CargoBoss Inc” asoschisi va Mixay Derkachi, “Schwarz Logistics Corp” prezidenti ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonda transport operatsion markazini ochish imkoniyatini muhokama qildilar. Yangi markaz AQSh bozorida faoliyat yuritayotgan Moldova kompaniyalariga dispetcherlik, buxgalteriya hisobi, komplayensva mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadu. Loyiha doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislarning yuqori malakasiga tayanib, 400 tagacha yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilmoqda.  

Tomonlar, shuningdek, Moldova tadbirkorlari va O‘zbekiston o‘rtasida autsorsing va texnologiyalar sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar, bunda startaplarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. AMALT O‘zbekiston innovatsiyalarini AQSh ekotizimiga integratsiyalash imkonini beruvchi raqamli transport yechimlari, ta’lim dasturlari va mahalliy akseleratorlarga birgalikda sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqladilar, investitsiyaviy ustuvorliklarni kelishib oldilar hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekistonning texnologik ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini belgilab oldilar.

AMALT — umumiy yillik aylanmasi 600 million dollar va 2000 nafardan ziyod xodimga ega bo‘lgan 10 ta Moldova-Amerika transport kompaniyasini birlashtiruvchi notijorat uyushma. Assotsiatsiyaning asosiy hamkorlari orasida “Amazon”, AQSh Qurolli Kuchlari va FEMA mavjud. Hozirda AMALT Moldova, Polsha va AQShdagi yetkazib berish markazlarini boshqarmoqda va O‘zbekistonni mintaqaviy kengayish uchun istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling