Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
Alif Uzbekistan KO‘B uchun bank tuzishni rejalashtirmoqda

Alif Uzbekistan KO‘B uchun bank tuzishni rejalashtirmoqda

Alif Uzbekistan KO‘B uchun bank tuzishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Alif Uzbekistan yirik investitsiyalar jalb etmoqda va kichik hamda o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun bank tashkil etishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi kompaniya o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Muddatli to‘lov, e-commerce va fintex yo‘nalishlaridagi yetakchilardan biri hisoblangan Alif Uzbekistan bank litsenziyasini olish niyatida. Hozirda kompaniya faqat to‘lov xizmatlari litsenziyasiga ega.

2014 yilda asos solingan Alif tez orada Markaziy Osiyodagi yetakchi fintex kompaniyalardan biriga aylandi. Bugun kompaniya O‘zbekiston, Tojikiston va Pokistonda faoliyat yuritib, 1 400 dan ortiq xodimga va 4,4 million mijozga ega.

O‘zbekistonda Alif o‘z faoliyatini 2019 yilda boshlagan, 2020 yilda esa elektron pul va to‘lovlar litsenziyasini olgan. Kompaniya muddatli to‘lov xizmatlari, marketpleys, to‘lov platformasi va Alif Travel xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

Ayni paytda Alif 5 milliondan ziyod foydalanuvchiga ega, rassrochka bozoridagi ulushi 30%dan ortiq, to‘lov xizmati yiliga 135 mlrd so‘mlik daromad keltirmoqda, marketpleys esa har oy 2 mln AQSH dollaridan ziyod aylanmani ko‘rsatmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling