Valyuta kurslari 17/06/2025
$1 – 12715.13
UZS – -0,35%
€1 – 14730.48
UZS – 0,17%
₽1 – 161.75
UZS – 1,04%
Qidirish
Texnologiyalar 17/06/2025 Alibaba kompaniyasi bilan raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Alibaba kompaniyasi bilan raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida mamlakatning yetakchi moliyaviy va texnologik markazlaridan biri — Guandun provinsiyasida joylashgan Shenchjen shahrida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Alibaba Cloud Intelligence” kompaniyasining vitse-prezidenti va boshqaruv direktori Daniel Chjao hamda Alibaba.com kompaniyasining elektron tijorat biznes guruhi Bosh ijrochi direktori Fan Jing bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling