Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 07/05/2025 Ali Bin Ali Holding O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqishga qiziqish bildirdi

Ali Bin Ali Holding O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqishga qiziqish bildirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux Gulamov Ali Bin Ali Holding moliya ishlari bo‘yicha direktori Iftixar Ahmad bilan uchrashdi.

Ali Bin Ali Holding 1945-yilda Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil etilgan. Kompaniyaning faoliyat sohalariga chakana savdo, mehmonxonalar, brendlar, ko'ngilochar obyektlar, ko'chmas mulk, logistika, sanoat va boshqalar kiradi. 2024-yilda kompaniya kapitali 5 milliard dollarga, ishchilar soni esa 5 ming kishiga yetdi.

Kompaniya rahbariyati O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadi va o‘zaro manfaatli yangi loyihalar bo‘yicha kelgusida hamkorlikda ish olib borishdan manfaatdorligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida mehmonxona biznesi, savdo, xalqaro brendlar importi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish mexanizmlari ishlab chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling