Albaniyada «SI vaziri» 1,3 mln yevro korrupsiya ayblovi bilan qo‘lga olindi
Albaniyada «SI vaziri» 1,3 mln yevro korrupsiya ayblovi bilan qo‘lga olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Albaniyada davlat boshqaruvida sunʼiy intellektdan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan eksperiment vaqtincha to‘xtatildi. Bu «SI vaziri» deb nomlangan Diyella atrofidagi mojaro ortidan yuz berdi.
U davlat xaridlarini “optimallashtirish” evaziga 14 bitkoin (qarib 1,3 mln yevro) miqdorida pora olganlikda gumon qilinib “qamalgan”.
Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus prokuraturaning maʼlum qilishicha, davlat kontraktlarining 10–15 foizi nomaʼlum hisoblarga o‘tkazilgan.
Sunʼiy intellekt bu operatsiyalarni «standart operatsiyaviy protokol» sifatida baholagan va ularni jinoyat deb hisoblamagan. Prokuratura maʼlumotiga ko‘ra, Diyella olgan mablag‘larni o‘zini yangilash, serverlar va dasturiy taʼminot sotib olish uchun ishlatishni rejalashtirgan.
SI yordamida yaratilgan advokat tayyorlagan bayonotda Diyellaning harakatlari «korrupsiya emas, balki stress-test» sifatida taʼriflangan. Albaniya Bosh vaziri Edi Rama taʼkidlashicha, sunʼiy intellekt davlat tenderlarini boshqarishda ishtirok etishda davom etadi va bu, uning fikricha, xaridlarni korrupsiyadan himoya qilishni kuchaytiradi.
«SI vaziri» Diyella prototipi e-Albania elektron xizmatlar platformasida ishlagan bo‘lib, davlat boshqaruvini raqamlashtirish doirasida joriy yil yanvar oyida jamoatchilikka birinchi marta namoyish etilgan.