Akramjon Fozilov Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig'ining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi
Akramjon Fozilov Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig'ining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadovning so'zlariga ko'ra, Akramjon Murodjon o'g'li Fozilov Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig'ining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.
Tayinlanishidan oldin Fozilov Milliy ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlagan.
U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (2014–2019) hamda «Erasmus Mundus Master‘s course in Global Studies — EMGS» xalqaro magistratura dasturi bitiruvchisidir. Ushbu dastur doirasida Vena universitetida (Avstriya, 2019–2020) va Gent universitetida (Belgiya, 2020–2021) tahsil olgan.
2021–2022 yillarda Fozilov Yevropa–O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasining (EUROUZ) Toshkent loyiha ofisi rahbari vazifasini bajargan.