Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Akmaljon Isroilov angliyalik Stottni mag‘lub etib, O‘zbekistonga jahon chempionatida oltin medallar sonini oltitaga yetkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Liverpulda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida 85 kg vazn toifasida Akmaljon Isroilov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Final jangda o‘zbek sportchisi Buyuk Britaniya vakili Tiyjn Stottga qarshi ringga chiqdi. Isroilov ilk daqiqalardanoq tashabbusni qo‘lga olib, jangni ishonchli o‘tkazdi. U ikki boshlang‘ich raundni ham 5:0 hisobida yutib, ringda to‘liq ustunlikni saqladi. So‘nggi raundda ham ustunlikni qo‘ldan boy bermay, jangni g‘alaba bilan yakunladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi hisobida jahon chempionatida oltita oltin, bitta kumush va uchta bronza medali mavjud.