Akmal Mozgovoy BAAning “Baniyas” klubi bilan shartnoma imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi va “Nasaf” klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy o‘zining professional faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi.
«2024 yil Superligasining eng yaxshi futbolchisi» BAAning “Baniyas” klubi bilan shartnoma tuzdi.
Akmal Mozgovoy — “Nasaf” futbol akademiyasining tarbiyalanuvchisi. U klub bilan birga uch marta O‘zbekiston Kubogi, uch marta Superkubokni qo‘lga kiritgan, shuningdek, Superligada oltin, kumush va bronza medallarni yutgan.