Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Ajinomoto O'zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda

Ajinomoto O'zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda

Ajinomoto O'zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11-sentabr kuni ISSV rahbari Laziz Kudratov Yaponiyaning yetakchi Ajinomoto kompaniyasi delegatsiyasi, jumladan, kompaniya katta vitse-prezidenti va ijrochi direktori Masai Yoshiteru bilan uchrashdi.

1909-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Tokioda joylashgan Ajinomoto oziq-ovqat mahsulotlari, oziqaviy qo‘shimchalar, kimyo sanoati mahsulotlari, farmatsevtika va kosmetika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik xalqaro korporatsiyadir.

Kompaniya tarkibida 65 dan ortiq korxona faoliyat yuritadi, umumiy aktivlari 9,6 milliard AQSh dollarini tashkil etadi, yillik aylanmasi esa 10 milliard AQSh dollariga yetadi. Bugungi kunda kompaniyada 33,4 mingdan ortiq xodim ishlamoqda.

Muzokaralar chog‘ida Ajinomoto kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirib kelish istiqbollari muhokama qilindi. Muloqot jarayonida mamlakatimizda yuqori sifatli oziqaviy qo‘shimchalarni ishlab chiqarish va tarqatishni tashkil etish masalalari konstruktiv tarzda ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Ajinomoto bilan hamkorlikning O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish va mahalliylashtirish darajasini oshirishdagi strategik ahamiyatini qayd etib, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi choralarni belgilab oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling