Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
“AirAsia” aviakompaniyasi Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

“AirAsia” aviakompaniyasi Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

“AirAsia” aviakompaniyasi Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 15-oktabr kuni soat 17:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga “AirAsia” aviakompaniyasining Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishidagi birinchi reysining samolyoti qo‘ndi. Bortda 260 nafar yo‘lovchi bo‘lgan havo kemasi an’anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi, ekipaj a’zolariga esa gullar taqdim etildi.

Toshkent–Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi birinchi reys yo‘lovchilarining ro‘yxatga olinishi ham bayramona ruhda o‘tkazildi.

“AirAsia” va "Uzbekistan Airports" AJ vakillari qizil lenta va bayramona tortni kesish marosimida ishtirok etdilar. Yo‘lovchilar uchun milliy raqs jamoasining chiqishi tashkil etilib, tadbirga o‘ziga xos kayfiyat va quvonchli muhit bag‘ishladi.

«Biz Malayziya va O‘zbekistonni bog‘laydigan yangi yo‘nalishni ochganimizdan mamnunmiz. “AirAsia” sayohatlarni hamyonbop va qiziqarli qilish, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi turizm va biznes aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan», — deydi aviakompaniya vakili.

«Biz “AirAsia” aviakompaniyasini Toshkent aeroportida qabul qilganimizdan xursandmiz. Ishonamizki, bu reyslarga talab yuqori bo‘ladi, biz esa o‘z navbatida yo‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz», — deya ta’kidladi "Uzbekistan Airports Handling" MChJ direktorining birinchi o‘rinbosari Umid Xamrayev.

Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi reyslar haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling