Valyuta kurslari 18/12/2025
$1 – 12059.78
UZS – -0,38%
€1 – 14129.24
UZS – -0,73%
₽1 – 150.07
UZS – -1,63%
Qidirish
Air Samarkand Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasida yangi reyslarni ochadi

Air Samarkand Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasida yangi reyslarni ochadi

Air Samarkand Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasida yangi reyslarni ochadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 26-dekabrdan boshlab Air Samarkand aviakompaniyasi BAA poytaxtiga mavsumiy parvozlar dasturini yo‘lga qo‘yadi. Reyslar juma kunlari charter asosida, yo‘lovchilar uchun qulay vaqtda Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Toshkentdan uchish 10:30 ga, Abu-Dabidan qaytish esa mahalliy vaqt bilan 16:00 ga rejalashtirilgan. Parvoz vaqti Toshkent–Abu-Dabi yo‘nalishida taxminan 4 soat, qaytishda esa taxminan 3,5 soatni tashkil etadi. Yangi reyslar chiptalari Airsamarkand.com rasmiy sayti, shuningdek O‘zbekistondagi turistik agentliklar va aviakassalar orqali sotiladi.

Chipta narxlari: ikki tomonga $350 dan, bir tomonga $160 dan. Parvozlar dasturi 20-fevralga qadar rejalashtirilgan.

Bu qishda BAAni dam olish uchun tanlayotganlar uchun “kalit topshirish” (pod klyuch) formatidagi paket turlarni xarid qilish yanada foydaliroq: ularga parvozdan tashqari tavsiya etilgan 3–5* mehmonxonalar, transferlar, ovqatlanish va sug‘urtalar kiradi, Yangi yil bayramlari kunlari uchib ketuvchilar uchun esa — hashamatli Gala-kechki ovqat ham qo‘shiladi. Bunday turlarni EasyBooking va Kompas Tour turoperatorlari — Air Samarkand’ning rasmiy hamkorlari — tashkil qiladi.

Abu-Dabi — zamonaviy megapolis bo‘lib, rivojlangan infratuzilma, jahon darajasidagi tadbirlar va muzeylar hamda oppoq plyajlarni o‘zida uyg‘unlashtiradi. Yashil, zamonaviy va xavfsiz shahar oilaviy dam olish uchun ideal muhitga ega — Yaqin Sharqning haqiqiy vohasi.

Yo‘nalish ochilishi O‘zbekiston va BAA o‘rtasida turizm hamda biznes safarlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, turizm va iqtisodiyotdagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov mavjud emas, shuning uchun Air Samarkand yangi reysni ochish orqali Yaqin Sharqqa qulay va hamyonbop sayohatlarni ta’minlashni maqsad qilmoqda.

«Joriy yil yozidan beri Abu-Dabidan Oʻzbekiston shaharlari yoʻnalishidagi toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar soni sezilarli kamaydi. Albatta, tranzit orqali uchish mumkin, ammo bu noqulay va qimmat. Shuning uchun yoʻlovchilarga qulay va tejamkor safar yechimini taklif etishga qaror qildik. Safar maqsadiga qarab paketli tur yoki faqat aviachiptani tanlash mumkin.

Vazifamiz — Oʻzbekiston aholisi uchun hamyonbop va sifatli turistik mahsulotlarni saqlab qolish, shuningdek Birlashgan Arab Amirliklaridan mehmonlarni jalb etish. Ishonamanki, yangi reyslar sayohatlarni yanada qulay qiladi va mamlakat turizm infratuzilmasi rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydi», — dedi Air Samarkand’ning marketing va PR direktori Oleg Ivanov.

Abu-Dabiga yangi yo‘nalishning ishga tushirilishi Air Samarkand’ning yo‘nalish tarmog‘ini qayta tuzish strategiyasiga mos keladi: aviakompaniya hamkorlik charter dasturlarini kengaytirmoqda va yangi yo‘nalishlarni rivojlantirmoqda.

2025-yilda Air Samarkand yana bir muhim yo‘nalishda — O‘zbekiston shaharlaridan Jiddaga — punktuallik bo‘yicha yetakchiga aylandi. Minglab ziyoratchilar aviakompaniya reyslarining qulayligi va komfortini yuqori baholadi.

Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida xarid qilish mumkin: airsamarkand.com. To‘lovlar O‘zbekiston, xalqaro va Rossiya bank kartalari orqali, shuningdek O‘zbekistondagi turagentliklar va aviakassalarda amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling