Valyuta kurslari 28/08/2025
$1 – 12412.98
UZS – 0,47%
€1 – 14386.64
UZS – 0,01%
₽1 – 154.28
UZS – 0,23%
Qidirish
Iqtisod 28/08/2025 Air Products kompaniyasi oziq-ovqat CO2 ishlab chiqarishni boshqarish tizimi uchun xalqaro sifat sertifikatlarini oldi

Air Products kompaniyasi oziq-ovqat CO2 ishlab chiqarishni boshqarish tizimi uchun xalqaro sifat sertifikatlarini oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari markazi"da oziq-ovqat CO2 ishlab chiqarishni boshqarish tizimining xalqaro tozalik, xavfsizlik standartlari va oziq-ovqat sanoati talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi to‘rtta sertifikatni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Air Products kompaniyasi auditdan o‘tkazildi va oziq-ovqat maqsadlari uchun siqilgan va suyultirilgan (suyuq) uglerod dioksidini ishlab chiqarish va yetkazib berishni boshqarishning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining xalqaro standartlariga muvofiqligi tasdiqlandi:

  • FSSC 22000 - oziq-ovqat ta’minoti zanjirida oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimini sertifikatlash sxemasi;
  • ISO 22000:2018 - oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish tizimining xalqaro standarti;
  • HACCP sertifikati - Codex Alimentarius (CAC/RCP 1-1969, Rev. 4);
  • Halal sertifikati - CERTIN HALAL tomonidan berilgan UAE.S GSO 2055-1:2015 standarti talablariga muvofiqlik sertifikati.

Barcha sertifikatlar xalqaro sertifikatlashtirish organlari, jumladan TÜV Thüringen (Germaniya) va CERTIN HALAL (O‘zbekiston) tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra berilgan.

"Muvofiqlik sertifikatlarini olish O‘zbekistondagi loyihamizni rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Ular bizning CO2 oziq-ovqat sanoatida qo‘llash uchun yuqori xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini tasdiqlaydi. Ishonchimiz komilki, bu mijozlarimiz uchun ham ichki, ham eksport bozorlarida yangi imkoniyatlar ochadi," - dedi Air Products’ning O‘zbekistondagi tijorat direktori Kirill Korotkov.

Marosim mehmonlari orasida hukumat vakillari, shuningdek, kompaniyaning potensial mijozlari va hamkorlari bor edi. Dasturda Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari markazi imkoniyatlari namoyish etildi. Mehmonlarga yangi meva va sabzavotlar misolida Air Products shok muzlatish ishlab chiqarish liniyasi faoliyati namoyish etildi. Namoyish yakunida ishtirokchilar degustatsiyada ishtirok etib, texnologiya mahsulotlarning tabiiy ta’mi, rangi va ozuqaviy qiymatini saqlab qolishini yaqqol tasdiqladi.

Marosim bo‘lib o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish, qayta ishlash va saqlash texnologiyasi markazi Air Products kompaniyasining namoyish va o‘quv platformasi bo‘lib, unda ishlab chiqaruvchilar oziq-ovqat sanoatida CO2 va suyuq azotni qo‘llashning zamonaviy usullarini o‘rganishlari mumkin.

Navoiydagi zavod - Air Products kompaniyasining oziq-ovqat CO2 ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi birinchi loyihasi. Ilg‘or qurilma mintaqadagi yetakchi kimyo ishlab chiqaruvchi "Navoiyazot"da ammiak ishlab chiqarish liniyasida ushlab qolingan CO2 ni tozalash va kuydirish uchun mo‘ljallangan. Sutkasiga 120 tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu zavod nafaqat O‘zbekistondagi eng yirik va zamonaviy zavod, balki respublikada birinchi bo‘lib 99,99% mahsulot tozaligi isbotlangan oziq-ovqat CO2 ishlab chiqarish korxonasidir.

Kompaniya haqida

Air Products (NYSE: APD) — sanoat gazlari ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lib, 80 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya energiya, ekologiya va yangi rivojlanayotgan bozorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali toza kelajakni shakllantirishga intiladi. Air Products neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, elektronika, ishlab chiqarish, tibbiyot va oziq-ovqat kabi o‘nlab tarmoqlarda faoliyat yurituvchi mijozlarga zaruriy sanoat gazlari, tegishli uskunalar va texnologik yechimlarni yetkazib beradi. Vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo bo‘yicha yetakchi kompaniya sifatida Air Products eng yirik toza vodorod loyihalarini ishlab chiqadi, muhandislik qiladi, quradi, egalik qiladi va boshqaradi. Bu loyihalar sanoat hamda og‘ir yuk tashuvchi transport sohalarida past va nol uglerodli energiyaga o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi. Uskunalar ishlab chiqarish sohasida esa kompaniya global miqyosda turbin texnologiyalari, membrana tizimlari va kriogen konteynerlar yetkazib beradi.

2024-moliya yilida Air Products kompaniyasining sof savdo hajmi 12,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Kompaniya hozirda taxminan 50 ta mamlakatda faoliyat yuritadi va bozor qiymati 60 milliard dollardan oshadi. Dunyo bo‘ylab 23 000 nafardan ziyod iqtidorli va fidokor xodimlar Air Products’ning asosiy maqsadiga — atrof-muhitga foyda keltiruvchi, barqarorlikni oshiruvchi va mijozlar, jamiyat hamda butun insoniyat oldidagi muammolarga innovatsion yechimlar orqali javob berishga intiladilar. Qo‘shimcha ma’lumot uchun www.airproducts.uz saytiga tashrif buyuring yoki bizni LinkedInTelegram va Instagram sahifalarimizda kuzatib boring.

Reklama

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling