Valyuta kurslari 09/10/2025
$1 – 12072.03
UZS – 0,28%
€1 – 14016.83
UZS – -0,2%
₽1 – 148.01
UZS – 0,95%
Qidirish
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi belgilandi

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi belgilandi

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Ro‘yxatga olish 2026 yilning 15 yanvaridan 28 fevraliga qadar o‘tkaziladi va ro‘yxatga olish boshlanishining aniq payti 2026 yil 15 yanvar soat 00:00 etib belgilanadi. Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi – 45 kun.

Respondentlarning shaxsga va qishloq xo‘jaligi faoliyatiga doir maʼlumotlarini to‘plash jarayonida ro‘yxatga olish sanasidan keyingi o‘zgarishlar hisobga olinmaydi.

Jumladan, ro‘yxatga olish savolnoma shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari 2026 yilning 15 yanvaridan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan to‘ldirilmaydi, biroq ro‘yxatga olish sanasidan keyin vafot etgan shaxslarga nisbatan to‘ldiriladi.

Aholi soni va uning tarkibini hisoblashda:

bir yildan ortiq muddatda mamlakat hududida bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari hamda ularning oila aʼzolari;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega bo‘lgan boshqa shaxslar hisobga olinmaydi.

Respondentlar o‘zining (doimiy yoki vaqtincha) yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Bunda kunlik tungi dam olishining ko‘proq qismini o‘tkazadigan uy (hovli), kvartira, yashash uchun foydalanilayotgan boshqa turar joy yoki noturar joy bino yashash joyi hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling