Aholi va iqtisodiyot tarmoqlari energiya resurslari bilan barqaror taʼminlanadi
Aholi va iqtisodiyot tarmoqlari energiya resurslari bilan barqaror taʼminlanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt (600 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi (Investor) o‘rtasida “Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt (600 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasi doirasida investitsiya shartnomasi imzolangan.
Qarorga ko‘ra, Investor o‘z huquq va majburiyatlaridan o‘zi tomonidan tashkil etiladigan Loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechadi.
Loyiha kompaniyasi o‘z zimmasiga elektr energiyasini saqlash tizimi foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini taʼminlash majburiyatini oladi
Loyiha kompaniyasi Loyiha doirasida elektr energiyasini saqlash tizimini yagona elektr energiyasi tarmog‘iga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya quradi hamda ishga tushirilgandan so‘ng ularni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi.
Bunda Loyiha kompaniyasining elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya qurish uchun sarflagan xarajatlari elektr energiyasining tarifi tarkibida ko‘zda tutiladi.