Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
"Ahlers Logistics" kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazlari barpo etishga qiziqish bildirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri Ilhom Maxkamov Bryusselda "Ahlers Logistics" kompaniyasi ijrochi direktori Van den Bos Dave bilan uchrashdi.

Uchrashuvda V.Dave taklifiga ko‘ra O‘zbekistonda mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlikda zamonaviy logistika markazlari tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Muhokama davomida mamlakatimiz transport - logistika sohasida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro yuk tashuvlarini hamda logistika markazlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishdi. Vazir V. Daveni joriy yil 11 – 12-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan transport–logistika sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishga taklif etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling