“Agat Credit“ uchinchi obligatsiyalar emissiyasiga va mikromoliya bankiga aylanishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 10-sentabr kuni “Agat Credit“ mikromoliya tashkiloti Kuzatuv kengashi quyidagi shartlar asosida korporativ obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi:
Kupon to‘lovlari har oyda amalga oshiriladi.
Kompaniya uchun bu 2025-yildagi uchinchi emissiya bo‘ladi. Mart oyida joylashtirilgan birinchi emissiya hajmi 40 mlrd so‘m bo‘lib, daromadliligi 29% ni tashkil etgan. Iyul oyida chiqarilgan ikkinchi emissiya esa 30 mlrd so‘m hajm va 28% daromadlilik bilan atigi uch soat ichida investorlar tomonidan to‘liq sotib olingan.
Bundan tashqari, 2025-yil 10-oktabr kuni mikromoliya tashkiloti aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi. Unda ishtirokchilar “AGAT CREDIT” MMT AJ faoliyatini mikromoliya tashkilotidan mikromoliya banki faoliyatiga o‘zgartirish orqali mikromoliya bankini tashkil etish masalasini muhokama qiladilar.