Afsonaviy murabbiy Mircha Luchesku vafot etdi

Afsonaviy murabbiy Mircha Luchesku vafot etdi

Afsonaviy murabbiy Mircha Luchesku vafot etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rumin mutaxassisi Mircha Luchesku 81 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi pley-off uchrashuvlarida Ruminiya terma jamoasining Turkiyaga (0:1) yutqazganidan so‘ng yuzaga kelgan bir nechta yurak xurujlari sabab bo‘lgan.

EKMO apparatidan foydalangan holda rejalashtirilgan operatsiya murabbiy organizmining holati juda zaif bo‘lgani sababli amalga oshirilmadi.

Luchesku futbol tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan murabbiylardan biri bo‘lib, jami 35 ta trofeyni qo‘lga kiritgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat Xosep Gvardiola hamda Aleks Fergyusondan keyin turadi. U terma jamoalar orasida eng katta yoshli bosh murabbiylardan biri sifatida birinchi o‘rinni egallagan.

Mirchaning murabbiylik faoliyati 1979 yilda “Korvinul” klubida boshlangan. U 2016/17 mavsumda “Zenit”ni boshqargan, shuningdek, Doneskning “Shaxtyor” klubida 12 yil ishlab, 2009 yilda UYEFA Kubogini qo‘lga kiritgan.

Luchesku shuningdek “Inter”, “Galatasaray”, “Beshiktash”, “Dinamo” Kiyev va “Dinamo” Buxarest jamoalarida ham faoliyat yuritgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling