Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Afrosiyob Toshkent–Shahrisabz yo‘nalishida qatnaydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 27 martdan boshlab “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi elektr poyezdlari yangi Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha juma, shanba va yakshanba kunlari qatnay boshlaydi. Bu haqda “Temiryulekspress” AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Yangi yo‘nalish hududlar o‘rtasida transport aloqalarini yaxshilash va yo‘lovchilar uchun qulaylikni oshirish maqsadida tashkil etilgan. Poyezd Toshkentdan soat 06:33 da jo‘nab, Shahrisabzga yetib boradi, qaytish reysi esa Shahrisabzdan Toshkentga soat 16:24 da amalga oshiriladi.
Yangi reyslar uchun chiptalarni temir yo‘l kassalarida va onlayn platformalar orqali xarid qilish mumkin.