Afgʻoniston delegatsiyasi Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasining sanoat salohiyati bilan tanishtirildi

Afgʻoniston delegatsiyasi Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasining sanoat salohiyati bilan tanishtirildi

Afgʻoniston delegatsiyasi Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasining sanoat salohiyati bilan tanishtirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan Afg‘oniston delegatsiyasi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan yirik sanoat korxonalari bilan tanishdi.

Dastlab mehmonlarga “BNBM Building Materials Central Asia” korxonasida zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonlari ko‘rsatib o‘tildi. 

30 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya asosida tashkil etilgan mazkur korxonada yiliga 30 million kvadrat metr gipsokarton hamda 4 million kvadrat metr dekorativ gipsokarton mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Shundan so‘ng delegatsiya “Yong Xin” MChJ XKda amalga oshirilgan yirik loyiha bilan tanishdi. Xitoylik investor tomonidan kiritilgan 90 million dollarlik investitsiya hisobiga kafel mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mehmonlarga korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolari “MOLLIS” MChJ faoliyati bilan ham tanishib, bu yerda erkaklar, ayollar va bolalar uchun mo‘ljallangan trikotaj mahsulotlari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotganiga guvoh bo‘ldilar.

Shuningdek, “Great Kokand” MChJda qadoqlash va tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Delegatsiya aʼzolari tanishgan ushbu loyihalar hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, import o‘rnini bosish hamda eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani maʼlum qilindi. 

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari erkin iqtisodiy zonada yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va investorlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling