Afg‘onistonning Spinzar Cotton Company kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov amaliy tashrif bilan Afg‘onistonda bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Spinzar Cotton Company kompaniyasining ishlab chiqarish jarayonlari, quvvatlari va mahsulot turlari bilan yaqindan tanishildi.
Spinzar Cotton Company — Afg‘onistonning eng qadimiy to‘qimachilik kompaniyalaridan biri bo‘lib, 1920-yillarda Qunduz viloyatida tashkil etilgan. Kompaniya kunlik 30 tonna yog‘ va 100 000 dona sovun ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lib, mahalliy iqtisodiyot rivojiga hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Uchrashuv chog‘ida paxtachilik va to‘qimachilik sohasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, mahsulot yetkazib berish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida kelishuvga erishib, kelgusida paxta xomashyosini qayta ishlash va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Ushbu hamkorlik O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari uchun yangi istiqbollar ochib, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.