Afg‘onistonlik investor Namanganda logistika kompaniyasini tashkil qiladi

Afg‘onistonlik investor Namanganda logistika kompaniyasini tashkil qiladi

Afg‘onistonlik investor Namanganda logistika kompaniyasini tashkil qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Afg‘onistonlik tadbirkor Manur Sekander Mansur transport logistikasi sohasida faoliyat yuritish uchun Namangan viloyatida qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bilan bo‘lib o‘tgan ishchi uchrashuvda maʼlum qilindi.

Shu yilning 28-30 mart kunlari Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya qo‘shni Afg‘onistonga xizmat safari bilan bordi.

Qobul va Mozori Sharifdagi biznes forumlar hamda ikki hudud tadbirkorlari o‘rtasidagi uchrashuvalar samarali bo‘ldi: umumiy qiymati 621,3 mln dollarlik 27 ta kelishuvlar imzolandi. Jumladan, “Golden egg of Namangan” korxonasi tomonidan Mozori Sharif shahrida “Ibrahim Mansoor” kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik investitsion loyihaga start berildi.

Afg‘onistonlik hamkorlar o‘z navbatida investitsiya kiritish maqsadida viloyatimizga keldi. Xususan, xorijiy hamkor Mansoor Sekander transport logistikasi yo‘nalishida faoliyat yuritish uchun Namanganda qo‘shma korxona tashkil etishni maqsad qilgan.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Afg‘onistonlik tadbirkorni qabul qilib, loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Muloqotda viloyatimizning qo‘shni Qirg‘iz hamda Tojikiston Respublikalari bilan chegara-bojxona maskanlari barqaror faoliyat ko‘rsatayotgani, Namangan ushbu yo‘nalishda muhim ahamiyatga ega lokatsiyada joylashgani qayd etildi. Ayniqsa, Xitoy xalq Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasidan Afg‘onistonga olib kelinayotgan yuklarni tashish uchun bu hudud qulay hisoblanadi.

Dastlab 50 ta, bir yil ichida umumiy hisobda 1000 ta og‘ir yuk tashuvchi mashina (Fura)lar ushbu logistika xizmatidan foydalanadi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda Namangan-Afg‘oniston tadbirkorlari hamkorligini yana-da mustahkamalash va kengaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling