Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni 622 kishiga yetdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila natijasida halok bo‘lganlar soni 622 kishiga yetdi, yana taxminan 1,5 ming nafar mamlakat fuqarolari jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Qutqaruvchilar hozirgacha vayronalarni parchalab chiqarish va jabrlanganlarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda. Mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga ko‘ra, ko‘plab odamlar hali ham vayrona ostida qolmoqda, shu sababli halok bo‘lganlar soni ko‘payishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, asosiy silkinsh magnitudasi 6 bo‘lib, Qobuldan taxminan 200 kilometr va Islomoboddan 400 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Epitsentr yer ostida sakkiz kilometr chuqurlikda joylashgan. Undan keyin magnitudasi 4,5 dan 5,2 gacha bo‘lgan uchta zilzila qayd etildi.