Valyuta kurslari 26/11/2025
$1 – 11936.89
UZS – -0,43%
€1 – 13769.20
UZS – -0,39%
₽1 – 151.56
UZS – -0,3%
Qidirish
Afg‘onistonda O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasining xorijiy savdo maydonchasi ishga tushirildi

Afg‘onistonda O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasining xorijiy savdo maydonchasi ishga tushirildi

Afg‘onistonda O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasining xorijiy savdo maydonchasi ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi 17–23 noyabr kunlari Qobulda bo‘lib o‘tgan «Imom Abu Hanifa» milliy va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida Respublika Tovar-xomashyo birjasining xorijiy savdo maydonchasi ishga tushirilganini maʼlum qildi.

Loyiha Afg‘onistonning Ghazanfar Bank ishtirokida amalga oshirildi.

Palata maʼlumotiga ko‘ra, yangi tizim o‘zbek eksportchilari birja savdolarida sotgan tovarlar uchun to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ghazanfar Bank‘dagi maxsus hisobvaraqlarga yo‘naltirish imkonini beradi.

Tovarlar Afg‘oniston chegarasidan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng eksportchilar mablag‘lardan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu yangi mexanizm xavfsiz va kafolatlangan to‘lovlarni, tezkor va shaffof biznes-jarayonlarni, ishonchli hamkorlik muhitini taʼminlaydi.

Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport hajmini oshirishga, shuningdek O‘zbekiston–Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasining o‘sishiga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling

🔔 Tezkor xabarlarga obuna bo'ling