Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
Afg‘onistonda olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Afg‘onistonda olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Afg‘onistonda olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari hamda psixotrop moddalar kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, muqaddam narkokuryerlar tomonidan Afg‘oniston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan Surxondaryo viloyati hududiga olib o‘tilgan va Yozyovon tumaniga keltirilib, dala maydonidagi xufiya joyga yashirib ko‘yilgan 9 kg 896 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtlarida Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1983 y.t. xususiy tadbirkor va uning 1989 y.t. jinoiy sherigi ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, voqea joyidan qochishga uringan xususiy tadbirkorning yonida bo‘lgan 14 ming 500 AQSH dollari va 6 mln. 250 ming so‘m ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan uchinchi shaxsning yashash xonadonidan esa 110 gr. “opiy” moddasi, 2 ta elektron tarozi, 1200 AQSH dollari hamda 28 mln. so‘m protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Taʼkidlash lozimki, ushbu ajal og‘usi Farg‘ona vodiysidagi isteʼmolchilarga sotilishi kerak bo‘lgan.

Afg‘oniston yo‘nalishida narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari tomonidan yana bir tezkor tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yashovchi, 1963 y.t., muqaddam narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Xorazm viloyati Xazorasp tumanida istiqomat qiluvchi, 1978 y.t. fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, kelgusida sotib, mo‘may daromad topish maqsadida afg‘onistonlik narkosavdogarlarga katta miqdordagi giyohvandlik vositasini buyurtma berishadi.

O‘z navbatida narkokuryerlar tomonidan ajal og‘usi Afg‘onistondan Surxondaryo viloyati hududiga olib o‘tilib, keyinroq To‘rtko‘l tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda To‘rtko‘l va Xazorasplik mazkur shaxslar xufiya joydan 6 kg 149 gr “opiy” moddasini va 9 kg 814 gr ko‘knori somonini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling