Afg‘oniston va O‘zbekiston ishbilarmonlari Mozori-Sharifda hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi
Afg‘oniston va O‘zbekiston ishbilarmonlari Mozori-Sharifda hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 16–18 fevral kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbarligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘oniston Islom Amirligiga bo‘lib turishibdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida ikki davlat xususiy sektor vakillari ishtirokida biznes-forum va B2B uchrashuvlar tashkil etiladi.
Tadbir iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda savdo aloqalarini kengaytirishga qaratilgan.
Forum doirasida o‘tkaziladigan B2B uchrashuvlarda 100 ga yaqin afg‘onistonlik va 80 dan ortiq o‘zbekistonlik tadbirkor ishtirok etishi kutilmoqda.
Ular oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik, energetika hamda transport-logistika kabi qator sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladilar.