Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 13/06/2025 Afg‘oniston delegatsiyasi TIIF 2025 forumi doirasidagi milliy ko‘rgazmada ishtirok etdi

Afg‘oniston delegatsiyasi TIIF 2025 forumi doirasidagi milliy ko‘rgazmada ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni paytda O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya tashrif dasturi doirasida Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida ilk bor tashkil etilgan milliy ko‘rgazmaga tashrif buyurdi.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyatini keng qamrovda namoyon etuvchi yirik platforma sifatida tashkil etilgan bo‘lib, unda 90 dan ziyod mahalliy kompaniya o‘z loyihalari va ishlanmalarini taqdim etmoqda.

Mehmonlar ko‘rgazma ekspozitsiyalari bilan tanishish jarayonida O‘zbekistondagi turli tarmoqlardagi sanoat korxonalari, innovatsion loyihalar, eksport salohiyati va xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Afg‘oniston delegatsiyasi ushbu tashrif orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirishga doir yangi imkoniyatlarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling