Afg‘oniston delegatsiyasi Surxondaryoga tashrif buyurdi
Afg‘oniston delegatsiyasi Surxondaryoga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 25–28 mart kunlari Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Made in Afghanistan ko‘rgazmasida ishtirok etgan Afg‘oniston davlatidan tashrif buyurgan 30 nafardan ortiq, Tojikiston davlatidan esa 20 nafardan ortiq ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Ular Denov tumanidagi “Qo‘zichoqli” yoshlar sanoat zonasida tashkil etilgan O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda B2B formatdagi uchrashuvlarda ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada asosan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi.
Maqsad qo‘shni davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tadbirkorlar uchun yangi eksport imkoniyatlarini kengaytirish, hududiy sanoat salohiyatini xalqaro maydonga olib chiqish.
Uchrashuvlar biznes aloqalarni rivojlantirish, mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladigan muhim qadam sifatida eʼtirof etildi.