Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Adnoc O‘zbekistondagi “Lukoyl” aktivlariga qiziqish bildirmoqda

Adnoc O‘zbekistondagi “Lukoyl” aktivlariga qiziqish bildirmoqda

Adnoc O‘zbekistondagi “Lukoyl” aktivlariga qiziqish bildirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Abu Dhabi National Oil Co. (Adnoc) AQSH sanksiyalari ostida bo‘lgan Rossiyaning “Lukoyl” neft-gaz kompaniyasining O‘zbekistondagi aktivlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar berdi Bloomberg.

Agentlikning maʼlumotlariga ko‘ra, amerikalik neft gigantlari Exxon va Chevron “Lukoyl”ning Iroq va Qozog‘istondegi ulushlariga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, “Lukoyl”ning o‘zi xorijiy aktivlarini yagona paket sifatida sotishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda “Lukoyl” Kandem–Hauzak–Shodi va Janubi-G‘arbiy Hissor loyihalari bo‘yicha mahsulotni bo‘lishish to‘g‘risidagi kelishuvlar (PSA) asosida gaz qazib chiqarish va qayta ishlash, shuningdek, yoqilg‘i quyish shohobchalari tarmog‘ini boshqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning mamlakatga kiritgan umumiy investitsiyalari 10 milliard dollardan oshgan bo‘lib, uni gaz sohasidagi eng yirik xorijiy investorlardan biriga aylantiradi.

2025 yil oktyabr oyida AQSH Moliya vazirligi Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoyl” neft kompaniyalari hamda ularning tarkibidagi qator tuzilmalarga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilganini eʼlon qildi.

Restriksiyalar “Rosneft”ning 28 ta va Rossiyada joylashgan “Lukoyl”ning 6 ta docher korxonasini qamrab oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling