Valyuta kurslari 01/05/2025
$1 – 12920.16
UZS – -0,1%
€1 – 14681.18
UZS – -0,26%
₽1 – 158.61
UZS – 0,21%
Qidirish
Iqtisod 01/05/2025 Acwa Power” va “L&T Construction” kompaniyalari vakillari O‘zbekistonning elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

Acwa Power” va “L&T Construction” kompaniyalari vakillari O‘zbekistonning elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Saudiya Arabistonining “Acwa Power” kompaniyasi mintaqaviy direktori Jon Zaidi, ushbu kompaniyaning strategik pudratchisi – Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi MDH davlatlari bo‘yicha rahbari Radjan Bansal boshchiligidagi delegatsiya “Uzelectroapparat-electroshield” va Texnopark korxonalariga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad – O‘zbekiston hududlarida “Acwa Power” investitsiyalari hisobidan qurilishi rejalashtirilgan quyosh elektr stansiyalari loyihalari doirasida, “L&T Construction” tomonidan amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari uchun zarur bo‘lgan kabel-sim mahsulotlari, kuchlanish qurilmalari, metall-karkas, sovutish tizimlari va boshqa elektrotexnika jihozlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Delegatsiya vakillari mazkur korxonalar ishlab chiqarish maydonlari, texnologik liniyalari, mahsulot sifati, xalqaro standartlarga muvofiqlik va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, tomonlar o‘zaro texnik talablar, hamkorlik shartlari hamda ehtimoliy kelishuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

Mazkur tashrif O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarini xalqaro energetika loyihalariga integratsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “yashil energetika” sohasidagi global loyihalarda ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling