Valyuta kurslari 27/01/2026
$1 – 12098.12
UZS – 0,11%
€1 – 14353.21
UZS – 1,2%
₽1 – 158.64
UZS – -0,42%
Qidirish
ACDIMA Tashkent Pharma Parkda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va mutaxassislarni o'qitishni rejalashtirmoqda

ACDIMA Tashkent Pharma Parkda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va mutaxassislarni o'qitishni rejalashtirmoqda

ACDIMA Tashkent Pharma Parkda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va mutaxassislarni o'qitishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 26 yanvar kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad hamda “Arab Dori-darmonlar va Tibbiy Asboblar Kompaniyasi” (ACDIMA) rahbaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

ACDIMA 1976 yilda tashkil etilgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash sanoatiga ixtisoslashgan Misr investitsiya korporatsiyasi hisoblanadi. Kompaniya muhim farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va taʼminlashda Misrning yetakchi tuzilmalaridan biri sanaladi. Guruh yillik 600 million donadan ortiq mahsulot ishlab chiqaradi hamda uning mahsulotlari Yevropa, Osiyo, Afrika va Yaqin Sharq mintaqalaridagi 70 dan ortiq mamlakatlarda mavjud.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Mansurbek Qilichev ham ishtirok etdi.

Suhbat davomida ACDIMA tomonidan O‘zbekistondagi mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazish, mahalliylashtirish jarayonlarini keyingi bosqichga olib chiqish, dori vositalarini distributsiya qilish hamda “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri hududida istiqbolli qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish va kelgusida qayta uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling