Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
Abu-Dabida boʻlib oʻtgan Global Rail 2025 koʻrgazmasida Oʻzbekiston transport va infratuzilma loyihalarini taqdim etdi

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan Global Rail 2025 koʻrgazmasida Oʻzbekiston transport va infratuzilma loyihalarini taqdim etdi

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan Global Rail 2025 koʻrgazmasida Oʻzbekiston transport va infratuzilma loyihalarini taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 30-sentabrdan 2-oktabrgacha Birlashgan Arab Amirliklari, Abu-Dabi shahridagi ADNEC ko‘rgazma majmuasida xalqaro Global Rail 2025 forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Transport vazirligi ko‘magida ishtirok etmoqda.

Forumning ekspozitsiya hududida O‘zbekiston milliy stendi taqdim etilib, mamlakatning investitsion salohiyati, transport, logistika va infratuzilma sohalaridagi loyihalar, shuningdek, xalqaro hamkorlik istiqbollari namoyish qilinmoqda.

Tadbirda 100 dan ortiq davlatdan 200 dan ziyod kompaniya va 20 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilar qatnashmoqda. Dastur doirasida strategik konferensiyalar, texnik sessiyalar va innovatsion yechimlar taqdimotlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlashga, transport infratuzilmasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va global logistika aloqalarini kengaytirish yo‘nalishlarida yangi hamkorlik imkoniyatlarini belgilashga xizmat qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling