Abror Atabayev va Hojiakbar Qoʻchqorov jahon chempionatida sovrindor boʻlishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Serbiyada oʻtkazilayotgan sport kurashlari boʻyicha U23 jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medallarini qoʻlga kiritdi. Yunon-rum kurashchilarimiz Abror Atabayev va Hojiakbar Qoʻchqorov musobaqaning kumush hamda bronza medaliga sazovor boʻldilar.
-72 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz final yoʻlida Xitoy, neytral maqomda kurashgan Rossiya, Gruziya va Qozogʻiston vakillarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Biroq hal qiluvchi bosqichda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va dunyo birinchiligini ikkinchi oʻrinda yakunladi.
-55 kgda kurashgan Qoʻchqorov esa chorak finalda ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy bergach, oʻtish bosqichida Xitoy, bronza medali uchun bahsda esa Eron vakilini magʻlubiyatga uchratdi.