Abduqodir Husanov Osiyoning 2025 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
Abduqodir Husanov Osiyoning 2025 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Goalpost tomonidan 2025-yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi.
O‘tgan yil 21 yoshli futbolchi uchun muhim va tarixiy yil bo‘ldi.
Yanvar oyida Husanov «Manchester Siti» klubiga o‘tganidan so‘ng Angliya Premyer-ligasida debyut qilgan O‘zbekiston tarixidagi ilk futbolchiga aylanib, tarixga kirdi.
Iyun oyida u O‘zbekiston terma jamoasi safida milliy jamoaning jahon chempionatiga yo‘llanma olishini taʼminladi. Joriy mavsumda himoyachi “shaharliklar” safida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi.
Goalpost ovoz berishida Husanov Osiyoning qator istiqbolli futbolchilarini ortda qoldirdi. Ular orasida Abbos Fayzullayev («Istanbul Bashakshexir», O‘zbekiston), Nestori Irankunda (“Uotford”, Avstraliya), Marselino Ferdinan («Oksford Yunayted», Indoneziya), Li Xana Bom (“Midtyulland”, Koreya Respublikasi), Ali Jasim (“Komo” / “Al-Nadjma”, Iroq), shuningdek Yaponiya, Koreya va Avstraliya vakillari bor.
Shuningdek, Husanov The Athletic nashri tuzgan dunyoning eng kuchli yuz nafar futbolchisi reytingida 86-o‘rinni egalladi.