Abduqodir Husanov Gabonga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Abduqodir Husanov Gabonga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Abduqodir Husanov Gabonga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Gabonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmaydi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Gabon terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Avvalroq futbolchi 2025 yil noyabr oyida BAAda bo‘lib o‘tgan Al Ain International Cup turniri final uchrashuvida maydondan chetlatilgan edi. O‘zbekiston va Gabon o‘rtasidagi uchrashuv 27 mart kuni soat 19:00 da boshlanadi.

FIFA reglamentiga muvofiq, qizil kartochka olish milliy terma jamoaning navbatdagi rasmiy yoki o‘rtoqlik o‘yinini avtomatik tarzda o‘tkazib yuborishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi BAAda bo‘lib o‘tgan Al Ain International Cup xalqaro turnirida Eron jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling