Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
Abduqodir Husanov Chempionlar ligasidagi eng tez futbolchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

Abduqodir Husanov Chempionlar ligasidagi eng tez futbolchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

Abduqodir Husanov Chempionlar ligasidagi eng tez futbolchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Sofascore sayti maʼlumotlariga ko‘ra Chempionlar ligasidagi eng tez futbolchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning qayd etilgan maksimal tezligi soatiga 34,7 kilometrni tashkil etdi.

Reyting peshqadami sifatida «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe tan olindi, u soatiga 34,9 kilometr tezlik ko‘rsatgan. Uchinchi o‘rinni Belgiyaning “Bryugge” klubi futbolchisi Karlush Borjesh egallab, uning natijasi 34,3 kilometrni tashkil qildi.

Husanovning «Manchester Siti»dagi jamoadoshi Erling Xolann soatiga 34 kilometr tezlik bilan sakkizinchi o‘rindan joy oldi. Turnirdagi eng “sekin” futbolchi sifatida «Nyukasl Yunayted» vakili Entoni Gordon tan olindi, uning tezligi 33,9–34 kilometr atrofida bo‘lgan.

Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, 31 yanvar holatiga Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, birta gol urgan. Chempionlar ligasi saralash bosqichida u jami 425 daqiqa davomida o‘ynagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling