Abduqodir Husanov APLdagi «Manchester Siti» — “Brayton” o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Abduqodir Husanov APLdagi «Manchester Siti» — “Brayton” o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Angliya Premyer-ligasining 21-turida O‘zbekiston himoyachisi Abduqodir Husanov to‘p surayotgan «Manchester Siti» o‘z maydonida “Brayton” jamoasi bilan durang o‘ynadi.
Uy egalari safida 11-daqiqada penaltidan Erling Xoland hisobni ochdi, mehmonlar jamoasida esa Kaoru Mitoma gol urdi. Eʼtiborli jihati shundaki, Xolandning ushbu goli APL tarixidagi 35 minginchi gol bo‘ldi, norvegiyalik hujumchi esa joriy mavsumdagi 20-golini kiritib, to‘purarlar poygasida peshqadamlikni qo‘lga oldi.
Abduqodir Husanov uchrashuvni to‘liq o‘tkazib, «Manchester Siti»ning markaziy himoyasida juda ishonchli o‘yin namoyon etdi.
U tezlik, jismoniy kuch va o‘yindagi nafosatni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirib, raqib hujumlarini samarali tarzda neytrallashtirdi va shuning uchun uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etildi.
Premyer-liganing joriy mavsumida Husanov allaqachon olti o‘yinda maydonga tushib, jamoasining chempionatdagi pozitsiyalarini mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.