Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Abdumalik Nazarov «Milliy elektr tarmoqlari» rahbari etib tayinlandi

Abdumalik Nazarov «Milliy elektr tarmoqlari» rahbari etib tayinlandi

Abdumalik Nazarov «Milliy elektr tarmoqlari» rahbari etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Abdumalik Nazarov «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

Podrobno.uz muxbiri xabar qilishicha, u bu lavozimga tayinlangunga qadar ushbu energetika kompaniyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Energetika vazirligi matbuot xizmati maʼlumot berishicha, kompaniyaga rahbarlik qilib kelgan Dadajon Isaqulov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanish ustidan nazorat inspeksiyasida rahbarlik lavozimiga o‘tkazilgan.

Mazkur kadrlar o‘zgarishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni asosida amalga oshirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling