Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi taʼsis etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Pedagogika yo‘nalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan pedagogika yo‘nalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi taʼsis etiladi.
Mazkur stipendiya pedagogika yo‘nalishidagi har bir oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan 1 nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi.
Maʼlumot uchun: ushbu stipendiyani tayinlash uchun talablar Prezidentning “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993 yil 5 fevraldagi PF–555-son Farmonida belgilangan.