Abdukodir Xusanov Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari qatoriga kirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester City» klubi himoyachisi Abdukodir Xusanov Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari qatoriga kirdi. Bu haqda futbol statistikasi va bozor qiymatlariga ixtisoslashgan nemis portali Transfermarkt xabar berdi.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining bozor qiymati 35 million yevro deb baholangan va bu uni qitʼadagi yetakchi futbolchilar safidan joy olishiga sabab bo‘lgan.
Oktyabr oyida Transfermarkt reytingini yangilashdan so‘ng, “Bavariya” himoyachisi Kim Min Jening bozor qiymati 40 million yevrodan 32 million yevroga tushgan, “Brayton” yarim himoyachisi Kaoru Mitomaniki esa 40 milliondan 35 million yevroga pasaygan. Shu tariqa, Xusanov va Mitoma bir xil ko‘rsatkich bilan Osiyoning eng qimmatbaho futbolchilari orasida ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Reytingda yetakchilikni hali ham yapon hujumchisi saqlab turibdi, shu bilan birga ilk beshlikka «Real Sosyedad»dan Takefusa Kubo (30 mln yevro) va “Mayns”dan Kaisu Sano (25 mln yevro) ham kirdi.
Transfermarkt talqini bo‘yicha Osiyoning eng qimmat 10 futbolchisi quyidagicha:
Abdukodir Xusanov («Manchester City») — 35 mln yevro
Kaoru Mitoma (“Brighton”) — 35 mln yevro
Kim Min Je («Bayern Munich») — 32 mln yevro
Takefusa Kubo («Real Sociedad») — 30 mln yevro
Kaisu Sano (“Mainz”) — 25 mln yevro
Li Kan In («Paris Saint-Germain») — 25 mln yevro
Ritsu Doan (“Freiburg”) — 25 mln yevro
Zion Sudzuki (“Parma”) — 20 mln yevro
Son Xin Min («Los Angeles FC») — 20 mln yevro
Xiroki Ito («Bayern Munich») — 18 mln yevro