Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
Abdukodir Xusanov “Arsenal”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Abdukodir Xusanov “Arsenal”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Abdukodir Xusanov “Arsenal”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbek himoyachisi Abdukodir Xusanov Angliya chempionati doirasidagi «Manchester Siti» va “Arsenal” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda jarohat oldi.

21 yoshli futbolchi birinchi bo‘limni ishonchli o‘tkazdi, biroq taym orasida uning o‘rniga Mateush Nunyesh maydonga tushirildi. Klub maʼlumotiga ko‘ra, bu almashuv Xusanovning jarohat olishi sababli amalga oshirilgan va u o‘yinni davom ettira olmagan.

O‘zbek himoyachisi maydondan almashtirilgan paytda “Siti” Erling Haalandning goli hisobiga 1:0 hisobida oldinda edi. Biroq ikkinchi bo‘limning qo‘shimcha daqiqalarida “Arsenal” hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi — gol muallifi Gabriel Martinelli bo‘ldi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling