Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Abbosbek Fayzullayev: “Barcha uchrashuvda gʻalaba uchun maydonga chiqamiz”
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — JCh-2026 qur’asidan keyin Oʻzbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Abbosbek Fayzullayev oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi:
“Qiziqarli guruhga tushdik. Har bir oʻyin, ayniqsa, Portugaliyaga qarshi kechadigan bahs qiyin oʻtishi aniq. Lekin biz barcha uchrashuvda gʻalaba uchun maydonga chiqamiz va guruhdan chiqish uchun harakat qilamiz”.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi boʻlajak mundialda Portugaliya, Kolumbiya va 1-qit’alararo saralash bosqichi gʻolibi (Yangi Kaledoniya, Yamayka, Kongo DR) bilan “K” guruhidan joy olgan.