61-Xalqaro san’at ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilioni – Venetsiya biyennalesi “Navo dengiz” loyihasini e’lon qiladi
61-Xalqaro san’at ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilioni – Venetsiya biyennalesi “Navo dengiz” loyihasini e’lon qiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Venetsiya biyennalesining 61-Xalqaro san’at ko‘rgazmasida “Navo dengiz” ekspozitsiyasi namoyish etiladigan O‘zbekiston milliy pavilioni tashkil etilganini e’lon qiladi.
Jamg‘arma raisi Gayane Umerova buyurtmasiga binoan tashkil etilgan pavilion atrof-muhit o‘zgarishlariga javob berish va O‘zbekistonning Qoraqalpog‘istonidagi Orolbo‘yi mintaqasi tajribasini o‘rganish usullari sifatida afsona yaratish va rivoyatlarni talqin qilish masalasiga murojaat qiladi.
1960-yillardan boshlab mintaqa daryolarining qishloq xo‘jaligini sug‘orish uchun keng miqyosda o‘z o‘zanidan burilishi oqibatida Orol dengizi o‘z hajmining 90 foizdan ortig‘ini yo‘qotib, dunyodagi eng yirik ichki ko‘llardan birini cho‘lga aylantirdi.
Tarkibiga Sofi Mayuko Arni (1995-y.t., Shveysariya), Aziza Izamova (1997-y.t., O‘zbekiston), Kamila Muhitdinova (2003-y.t., O‘zbekiston), Niko San (1998-y.t., Xitoy) va Thai Ha (1996-y.t., Vyetnam) kirgan pavilionning kuratorlik jamoasi, Gayana Umerova tomonidan buyurtma qiligan va Buxoro biyennalesining birinchi badiiy rahbari Diana Kempbell boshchiligidagi Jamg‘arma tashabbusi bo‘lgan Buxoro biyennalesining Kuratorlik maktabi doirasida tashkil etilgan. Ular bir yoqadan bosh chiqarib, Orol dengiziga afsonalar va rivoyatchilik ijodkorligi orqali yondashadilar, atrof-muhitdagi o‘zgarishlarni idrok etish vositasi sifatida tasavvurlar olamiga erk beradilar.
Pavilion rassomlari Jahongir Boboqulov (1996-y.t., O‘zbekiston), Zi Qahramonova (2001-y.t., O‘zbekiston), Aygul Sarsen (2005-y.t., Qoraqalpog‘iston, O‘zbekiston), Zulfiya Spovart (1991-y.t., O‘zbekiston), Sin Lyu (1991-y.t., Xitoy), A.A. Murakami (1983-y.t., Buyuk Britaniya; 1984-y.t., Yaponiya) va Nguyen Fuong Lin (1985-y.t., Vyetnam) turli janrlarda – ilmiy modellashtirishdan tortib folklor tasavvurigacha, mahobatli to‘qimachilikdan tortib mualliflik hunarmandchiligigacha ijod qilib, Orol masalasiga nisbatan hal qilinishi kerak bo‘lgan muammo sifatida emas, balki mushohada yuritish maskani sifatida yondashadilar.
Orol dengizi havzasi qadimdan turli yo‘llar chorrahasi bo‘lib kelgan. Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘ida joylashgan ushbu hudud, arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, suv muhiti sur’ati natijasida shakllangan tamaddun qatlamlaridir. Marko Polo XIII asrda Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat qilganida, uning tavsifida Orol dengizi tilga olinmaydi va bu qirg‘oq chizig‘i asrlar davomida o‘zgarib turgan landshaft bilan uyg‘unlashadi. Bu yerda suvning mavjudligi va yo‘qligi nafaqat zamonaviy hodisa, balki uzoq muddatli vaqtinchalik tuzilma bo‘lib, u mahalliy jamoalarning hayoti, xotirasi va tasavvurini shakllantirishda davom etib kelmoqda. Baliqchilar ko‘l tubida vayron bo‘lgan shaharlarni ko‘rganliklari haqida hikoya qilishgan; bunday lahzalar yangi afsonalarning sarchashmasiga aylanib, o‘tmish va kelajakni yagona obrazda bog‘laydi.
Pavilion 2015-yilda 18 yoshida Orol dengizini jonlantirishni boshlagan “Qoraqalpoq” asari muallifi Olloyor Darmenov ijodidan ilhomlangan. Uning asarlarida qilich baliqlar qayta jonlangan suvlar bo‘ylab o‘rmalaydi va sahroda o‘tkazgan yillarini eslaydi. Darmenov singari pavilion tasavvurni o‘zini ifoda etish shakli sifatida taklif qiladi: afsonalar yaratish va hikoya qilish chin voqelikdan qochish usuli emas, balki yo‘qotishlarni yengib o‘tish va yana mumkin bo‘lgan narsalar uchun makon yaratish vositasi sifatida ko‘riladi.
61-biennalening “Minor ovozlarda” mavzusiga hamohang ravishda pavilionning “Navo dengiz” nomi ko‘rgazmaning tinglash usuliga ishora qiladi. Pavilion keskin o‘zgarishlarga uchragan landshaftga quloq solish nimalarni anglatishi va butun avlodlar davomida ushbu o‘zgarishlar bilan yashagan insonlarning hikoyalariga quloq solib, nimalarni o‘rganishimiz mumkinligi haqida savollar beradi.
Pavilionning ssenografiyasi va me’morchiligi O‘zbekistonning yetakchi arxitektura institutlari, jumladan, Toshkentdagi Adju universiteti va Toshkent arxitektura va qurilish institutidan saralab olingan arxitektor talabalar va yosh arxitektorlar guruhi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Shohruhbek Dilmurodov, Hayitali G‘ofurov, Mohil Mavlonova va Shohruza O‘ktamova “GRACE” (Yekaterina Golovatyuk, Jakomo Kantoni, Kseniya Bisti) rahbarligida faoliyat yuritadi.
O‘zbekistonning Venetsiya biyennalesidagi Xalqaro san’at ko‘rgazmasida uchinchi bor ishtirok etishi ushbu pavilion Orol madaniyat sammiti – ilmiy tadqiqotlarni mahalliy bilimlar bilan bog‘lash, mahalliy hamjamiyatlar tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va mintaqada uzoq muddatli madaniy infratuzilmani yaratish uchun rassomlar, olimlar va siyosatchilarni birlashtiradigan ixtisosliklararo maydon va minbar, shuningdek, yaqinda ishga tushirilgan Orol maktabi – mintaqaning kelajak salohiyatini rivojlantirish va prototiplarni ishlab chiqishga qaratilgan dizayn dasturi orqali Jamg‘armaning mintaqa bilan doimiy hamkorligiga tayanadi.
Gayane Umerova, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi: “Navo dengiz” loyihasi Jamg‘armaning Orolbo‘yi mintaqasi va madaniyatini bilim va doimiy hamkorlik orqali rivojlantirishga bo‘lgan uzoq muddatli sodiqligini aks ettiradi. Buxoro biyennalesining Kuratorlik maktabidan Qoraqalpog‘istondagi fanlararo Orol maktabigacha biz madaniy va ekologik kelajakka ta’sir ko‘rsatadigan kishilar va g‘oyalarga sarmoya kiritamiz. Turli ovozlarni birlashtirgan holda ushbu pavilion fanlar o‘rtasida, avlodlar o‘rtasida hamda ekologik o‘zgarishlar sharoitida yashash nimalarni anglatishini tushunishning turli usullari o‘rtasida tajriba almashish uchun maydon yaratadi”.
Kuratorlar jamoasining ta’kidlashicha: “Navo dengiz” ko‘rgazmasida afsona va rivoyatlar ijodkorligi atrof-muhitdagi o‘zgarishlarni boshqarish va kelajakni bevosita ko‘rinadigan narsalardan tashqarida tasavvur qilish usullariga aylanadi. Ko‘rgazma tasavvurni chin voqelikdan qochish emas, balki san’at vakillariga o‘zgarishlar va ochilayotgan imkoniyatlar ustida ishlash imkonini beruvchi subyekt sifatida ko‘rib chiqadi. Bizning kuratorlik tafakkurimiz O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida Buxoro biyennalesi Kuratorlik maktabi doirasida shakllangan hamkorlikdagi ta’lim va muloqotdan kelib chiqadi”.
Jamg‘arma O‘zbekiston milliy pavilioni bilan bir qatorda Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi tomonidan tashkil etiladigan 61-Xalqaro san’at ko‘rgazmasi – Franketti saroyidagi Venetsiya biyennalesining rasmiy hamroh loyihasi sifatida Vyacheslav Oxunovning “Tafakkur vositalari” nomli mashhur zalvarli ko‘rgazmasini taqdim etadi.