Valyuta kurslari 17/03/2026
$1 – 12091.22
UZS – 0,08%
€1 – 13844.45
UZS – 0,05%
₽1 – 149.16
UZS – -0,85%
Qidirish
30-31 mart kunlari Termiz shahrida "O‘zbekiston - Rossiya: Yevroosiyo makonida strategik hamkorlik" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tadi

30-31 mart kunlari Termiz shahrida "O‘zbekiston - Rossiya: Yevroosiyo makonida strategik hamkorlik" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tadi

30-31 mart kunlari Termiz shahrida "O‘zbekiston - Rossiya: Yevroosiyo makonida strategik hamkorlik" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 30-31 mart kunlari Termiz shahrida "O‘zbekiston - Rossiya: Yevroosiyo makonida strategik hamkorlik" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Valday” xalqaro munozara klubi tomonidan tashkil etilmoqda.

Konferensiya O‘zbekiston va Rossiya davlat idoralari, tahliliy va ilmiy-tadqiqot markazlari hamda ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat taniqli ekspertlarni bir maydonda jamlaydi.

Tadbirda O‘zbekiston nomidan SMTI direktori Eldor Aripov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov, O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Abidxo‘jayev va boshqalar ishtirok etadi.

Rossiya delegatsiyasi tarkibi Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Rossiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksey Yerxov, "Valday" klubi fondi Kengashi raisi Andrey Bistritskiy, "Valday" klubini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash fondining ilmiy ishlar bo‘yicha direktori Fyodor Lukyanov, "Valday" klubining dasturiy direktori Timofey Bordachyov, Tatariston sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari German Lerner va boshqalardan tashkil topgan.

Konferensiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston-Rossiya strategik hamkorligini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va texnologik sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olishdan iborat.

Asosiy e'tibor Yevroosiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, sanoat hamkorligi, investitsiyalar va raqamlashtirishni rivojlantirish, shuningdek, transport aloqasi va xalqaro savdo infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Bo‘lajak konferensiyaning o‘ziga xos jihati Tatariston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokida maxsus hududlararo sessiya tashkil etilishidir. Ushbu muhokama doirasida Tatariston Respublikasi va Termiz shahri vakillari sanoat, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlikka oid joriy loyihalarni amaliy jihatdan muhokama qilish, shuningdek, hududlararo hamkorlikni yanada ilgari surish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Konferensiya ikki tomonlama uchrashuvlar orqali ekspertlar muloqotini olib borish uchun an'anaviy platforma bo'lib xizmat qiladi. Tadbir O'zbekistonning janubiy chegarasidagi strategik muhim transport markazi bo'lgan Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi Termiz xalqaro savdo markazida bo'lib o'tadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling