Valyuta kurslari 27/11/2025
$1 – 11881.60
UZS – -0,46%
€1 – 13749.39
UZS – -0,14%
₽1 – 151.05
UZS – -0,34%
Qidirish
25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan xalqaro terroristik tashkilot aʼzosi O‘zbekistonga olib kelindi

25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan xalqaro terroristik tashkilot aʼzosi O‘zbekistonga olib kelindi

25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan xalqaro terroristik tashkilot aʼzosi O‘zbekistonga olib kelindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun 25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi joriy yilning noyabr oyida xorijda ushlanib, mamlakatimizga olib kelindi.

Diniy ekstremistik oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, “hijrat” va “jihod” qilishni maqsad qilgan ushbu shaxs 1999 yilda O‘zbekistondan chiqib ketgan hamda Afg‘oniston, Pokiston va Suriya davlatlari hududlaridagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

O‘zganing nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida yashirinib yurgan mazkur shaxs MDHga aʼzo davlatlardan birida qo‘lga olindi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 154- (yollanish), 155- (terrorizm), 159- (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling