22 apreldan boshlab bank ilovalari foydalanuvchi nomidagi telefon raqamini talab qiladi

22 apreldan boshlab bank ilovalari foydalanuvchi nomidagi telefon raqamini talab qiladi

22 apreldan boshlab bank ilovalari foydalanuvchi nomidagi telefon raqamini talab qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki jismoniy shaxslarga moliyaviy xizmatlarni masofadan turib ko‘rsatishda axborot xavfsizligi, kiberhimoya va firibgarlikning oldini olish bo‘yicha yangi talablarni tasdiqladi.

Minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, 2026 yil 22 apreldan boshlab banklar va to‘lov tizimlarining mobil ilovalaridan foydalanish uchun foydalanuvchi nomiga rasmiylashtirilgan hamda JSHSHR (PINFL)ga mos keladigan telefon raqamidan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Agar telefon raqami bilan JSHSHR o‘rtasidagi muvofiqlik tasdiqlanmasa, ilovada ro‘yxatdan o‘tish yoki bank kartasini bog‘lash imkoni bo‘lmaydi. Foydalanuvchilarga tasdiqlash zarurati haqida SMS-xabar orqali maʼlum qilinadi.

Shu tariqa, agar mobil ilova yoki bank kartasiga ulangan telefon raqami boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 22 apreldan keyin ushbu raqam orqali ilovadan foydalanish cheklanadi. Markaziy bank foydalanuvchilarga oldindan raqamni o‘z nomiga rasmiylashtirish yoki kartalar va ilovalarni shaxsiy raqamga qayta bog‘lashni tavsiya qiladi.

Ushbu yangilik masofaviy moliyaviy operatsiyalarda kiberxavfsizlik darajasini oshirish va mijozlarni firibgarlik harakatlaridan himoya qilishga qaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling