2030 yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasi rivojlantiriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
2030 yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
havo transportida xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonini 24 million nafarga yetkazish;
xalqaro va mahalliy yo‘nalishdagi parvozlar sonini 200 mingtaga yetkazish;
O‘zbekiston Respublikasi rezident aviakompaniyalari havo kemalari parkini 180 taga yetkazish.
2026 yil 1 yanvardan boshlab “O‘zaviatsiya” agentligini saqlash uchun Davlat byudjetidan ajratmalar bekor qilinadi.
2025 yil yakuni va kelgusi yillar uchun “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK sof foydasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan 20 foiz ajratma bekor qilinadi.