2030 yilga qadar O‘zbekiston yuqori tezlikdagi poyezdlarda 3,25 mln yo‘lovchini tashishni rejalashtirmoqda
2030 yilga qadar O‘zbekiston yuqori tezlikdagi poyezdlarda 3,25 mln yo‘lovchini tashishni rejalashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali platformasida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan yangilangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida O‘zbekiston yuqori tezlikdagi poyezdlarda yo‘lovchilar oqimini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda. Xususan, 2030 yilga kelib yuqori tezlikdagi poyezdlar xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni 3,25 million nafarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
Temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish strategiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.
Rejaga ko‘ra, 2026 yilda yuqori tezlikdagi yo‘nalishlarda 1,5 million yo‘lovchi tashiladi, 2027 yilda bu ko‘rsatkich 2 millionga, 2028 yilda 2,5 millionga, 2029 yilda 2,75 millionga yetadi, 2030 yilga kelib esa 3,25 million nafarni tashkil etadi.
Temir yo‘llarni modernizatsiya qilishda tarmoqni elektrlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 2026 yilda elektrlashtirilgan temir yo‘llar ulushi 53,7 foizni tashkil etadi, 2027 yilda 55 foizga, 2028 yilda 57,3 foizga, 2029 yilda 60 foizga yetadi va 2030 yilga kelib elektrlashtirilgan uchastkalar ulushi 65 foizga yetkaziladi.
Strategiyada Samarqand — Qoraqalpog‘iston asosiy yo‘nalishi bo‘yicha yuk tashish tezligini oshirish ham nazarda tutilgan.
2026 yilda yuklarni o‘rtacha yetkazib berish muddati 9 sutkani tashkil etadi, 2027 va 2028 yillarda 8 sutkaga qisqaradi, 2029 yilda 7 sutkaga tushiriladi va 2030 yilga kelib tashish muddatini 6 sutkagacha qisqartirish rejalashtirilgan.