2027-yilgi Osiyo Kubogi 7-yanvardan 5-fevralgacha o‘tkaziladi
Surat: Getty Images
2027-yilgi Osiyo Kubogi 7-yanvardan 5-fevralgacha o‘tkaziladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2027-yilgi futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 7-yanvardan 5-fevralgacha Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. Turnir Er-Riyod, Jidda va Al-Xubar shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Osiyo futbol konfederatsiyasi.
Er-Riyodda o‘yinlar quyidagi besh stadionda o‘tkaziladi:
- Qirol Fahd nomidagi Sport shaharchasi,
- Qirol Sa’ud Universiteti stadioni,
- Imom Muhammad ibn Sa’ud Universiteti stadioni,
- «Qirollik arenasi»,
- «Al-Shabab» stadioni.
Jiddada uchrashuvlar quyidagi ikki stadionda o‘tkaziladi:
- Qirol Abdulla nomidagi Sport shaharchasi,
- Shahzoda Abdulla Al-Faysal nomidagi Sport shaharchasi.
Al-Xubarda esa yangi, zamonaviy arena qurilishi yakuniga yetkaziladi va musobaqani qabul qilish uchun tayyor bo‘ladi.
Turnirda 24 ta jamoa ishtirok etadi. Hozircha 18 ta terma jamoa, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi, musobaqada ishtirok etishni kafolatlagan.
Qolgan o‘rinlar 2025-yilning mart oyida boshlanadigan saralashning yakuniy bosqichida aniqlanadi. Jarayon doirasida har biri to‘rtta jamoadan iborat olti guruh tashkil etiladi. Har bir guruh g‘olibi 2027-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.